Joriy yilning 25-aprel kuni Andijon mashinasozlik institute Sirtqi bo‘lim talabalari ishtirokida “Talabalar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Ermatov, rektor maslahatchisi A.Islamov, institut profilaktika inspektori mayor I.Qahhorov va professor-o‘qituvchilar, bo‘lim mas’ullari ishtirok etishdi.
Davra-suhbati davomida talabalarga mavzu bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek talabalarning fikrlari va savollari tinglanib javoblar berildi. Talabalar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlarning tahlili ham o‘tkazilib, jinoyatning sabablari, oqibatlari hamda yakuni haqida ma’lumotlar berildi. Talabalar jamiyatning ma’rifatli a’zolaridan ekanligi ta’kidlanib, o‘zlari shu nomga munosib bo‘lishlari kerakligi aytildi. Tadbir davomida korruspiya masalasiga ham alohida to‘xtalib, jamiyatni parokanda qiluvchi ushbu illatga qarshi kurashish, shunday holatlarga duch kelganda tegishli mas’ullarga xabar berishlari kerakligi eslatildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati