Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti jamoasi OmegaBOT bosh ofisiga tashrif buyurdi

Dumaxonov Furqat va Xolmatov Oybek boshchiligidagi Andijon mashinasozlik institutining yetti nafar a’zosidan iborat delegatsiyasi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan Sankt-Peterburg shahridagi Omegabot kompaniyasiga tashrif buyurdi. Uchrashuv Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg Politexnika Universitetining Avtomatlashtirish va robototexnika oliy maktabi direktori Olga Nikolaevna va OmegaBOT kompaniyasining yetakchi mutaxassisi Oksana Yurievna tomonidan tashkil etildi .

OmegaBOT kompaniyasining "Kelajak fabrikasi" bo'limi boshlig'i Vitaliy Perevezentsev va robot platformalar bo'yicha mutaxassis Aleksey kompaniya mahsulotlarini namoyish etdi. OmegaBOT konsorsiumining tijorat direktori Sergey Aleksandrovich Simanovskiy kompaniyaning robototexnika sohasida O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorligining ushbu bosqichi va OmegaBOT mahsulotlaridan foydalangan holda ta’lim sohasidagi kelajakdagi munosabatlar imkoniyatlari haqida gapirdi.

Olingan ma`lumotlar Andijon mashinasozlik institutining axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektori, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i va “Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari” kafedrasi mudiriga o`rganish uchun yuborildi. Eslatib o‘tamiz, 17 apreldan 29 aprelga qadar Sergey Aleksandrovich Toshkentga rasmiy tashrif bilan “Kiberpark” loyihasini ochilish marosimida ishtirok etadi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarni o‘rnatib, kelgusida unumli hamkorlik qilish va ikki tomon a`zolari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish