Yangiliklar

Image

Korruspiayaga qarshi kurashish "Talaba-yoshlar" klubi a'zolari uchun uchrashuv o'tkazildi

Andijon mashinasozlik institutida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023-yil 3-martdagi “Yoshlarda korrupsiyaga qarshi rnurosasizlik hissini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi" asosidagi vazirlikning “Yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash maqsadida institut va uning huzuridagi Akademik litsey talaba-yoshlari orasida turli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu safar, 2023 yil 18 aprel kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubining “Transport va logistika” hamda “Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari“ fakultetlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.                            

Tadbirda   institutning 2021 yil 1 iyuldagi 173-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi Nizomiga ko‘ra, klub a’zolari o’z faoliyatini mustaqillik, qonuniylik, ob’ektivlik, kollegiallik va oshkoralik tamoyillariga asosan olib borilishi alohida ta’kidlab o’tildi.    Klub a’zolarining Nizomda belgilangan huquq va majburiyatlari tushuntirildi.

Talaba-yoshlar klubining asosiy maqsadi - oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilari, xodimlari, talaba-yoshlarida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik hissini va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, ushbu jarayonda jamoatchilik nazoratini yo’lga qo‘yishdan iboratligi eslatildi.    

Klubning asosiy vazifalaridan oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarda talaba-yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash ekanligi tadbir ishtirokchilarga uqtirildi. 

Uchrashuv davomida korrupsiyaviy jinoyatlarning sodir etilishiga sharoit yaratuvchi omillar,  korrupsiyaning mazmun-mohiyati, manfaatlar to‘qnashuvi, uning kelib chiqish sabablari, korrupsiya  alomatlari va oqibatlari to‘g‘rirsida batafsil tushunchalar berildi. Klub a’zolari sifatida korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonidagi talabalarning o‘rni va olib borayotigan faoliyatining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. 

 Suhbat davomida talaba-yoshlarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Joriy yilning aprel oyiga rejalashtirilgan Klubning navbatdagi tadbirlar dasturiga tayyorgarlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish