Yangiliklar

Image

O‘sh texnologiyalar universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

Joriy yilning 18-aprel kuni institutimizga Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh texnologiyalar universiteti rektori Tursunbayev Janbolot Janyshovich  boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni institutimiz rektori Umid Muhtaraliyevich Turdialiyev hamda institutimiz vakillari kutib oldi. Dastlab mehmonlar uchun institutimizda ekskursiya tashkil etilib talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar tanishtirildi. Shuningdek innovatsion laboratoriya xonalari, Yoshlar texnoparki, talabalar turar joylariga tashrif buyurilib, mehmonlarga tanishtirildi.

Shundan so‘ng ikki oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Muhokama ijobiy ruxda o‘tib ikki oliygoh o‘rtasida ilmiy hamda madaniy sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi. Endilikda memorandum doirasida professor-o‘qituvchilar, talabalar almashinuvi, Andijon mashinasozlik institutida O‘shTU talabalari uchun grantlar e’lon qilish, Magistratura uchun qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda xalqaro loyihalarni amalga oshirish hamda ilmiy konferensiyalar tashkil qilish, oliygohlar talabalari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, Quvnoqlar va zukkolar tanlovlarini tashkil qilish sohalarida mazkur ta’lim muassasi bilan ishlar olib boriladi.


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish