Andijon mashinasozlik institutiga hush kelibsiz

News image

Muallif: AdminSana: 2022-06-29 09:02:52

Andijon mashinasozlik institutida #Mening_Konstitutsiyam shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar taklifiy o'zgarishlarini mazmun mohiyatlari tushuntirish maqsadida o'quv targ'iboti tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Kengashlarining Qo‘shma qarori bilan tuzilgan Konstitutsiyaviy komissiyaga o‘tgan bir oy davomida kelib tushgan 60 mingdan ortiq takliflar asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga doir konstitutsiyaviy qonunlar loyihalari joriy yil 24 iyun kuni Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Konstitutsiyaviy qonunlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilinib, yagona “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasiga birlashtirildi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Bosh qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilmoqda.

Targ‘ibot ishlari  davom etmoqda.  

Top