Yangiliklar

Image

Institut o‘qituvchilari va talabalari malaka oshirish kursi doirasida Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universitetiga tashrif buyurishdi

Rossiyaning 3 ta eng yaxshi universitetlari qatoridan joy olgan hamda uzoq yillar davomida THE jahon reytingida yuqori 301-350 qatorini saqlab kelayotgan Buyuk Pyotr Sankt-Peterburg Politexnika Universiteti (SPbPU) Andijon Mashinasozlik instituti (AndMI) ning ishonchli horijiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ikki Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvni amalga oshirish doirasida 2023-yil 5-apreldan 30-aprelga qadar xodimlar va talabalar “Materiallarni qayta ishlashning ilgʻor ishlab chiqarish texnologiyalari” dasturi boʻyicha oʻqishga hamda Oʻninchi yubiley xalqaro Politexnika haftaligi forumida ishtirok etish uchun taklif etildi.

Institut oʻqituvchilaridan Xolmatov Oybek va Dumaxonov Furqatbeklar va talabalardan xakatonda ishtirok etish uchun besh nafar: Mo'minov Ziyodillo, Karimov Xamidullo, Inomjonov Samandar, Nabiev Sardor, Mamurov Temurmaliklar SPbPUga malaka oshirish maqsadida kelishdi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, SPbPUda malaka oshirishning barcha ishtirokchilari Universitet xodimlari tomonidan juda samimiy kutib olindi va muloqot uchun tayyorligi bildirdi.

Qisqa vaqt ichida quyidagi boʻlim rahbarlari va yetakchi mutaxassislari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

·        Universitetlararo xalqaro hamkorlik bo‘limi;

·        Avtomatlashtirish va robototexnika oliy maktabi;

·        Oliy transport maktabi;

·        Materiallar fizikasi va texnologiyasi oliy maktabi;

·        Mashinasozlik, materiallar va transport instituti;

·        OMEGABOT - dasturiy modullar va robot platformasi bilan ishlovchi tashkilot.

Bunga parallel ravishda “Materiallarni qayta ishlashning ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari” kursi bo‘yicha mashg‘ulotlar, shuningdek, O‘ninchi yubiley xalqaro politexnika haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Recathon” muhandislik va robototexnika xakatoniga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Xakatonga tayyorgarlikning dastlabki bosqichi jamoa nomini tanlash va LiderID platformasida ro‘yxatdan o‘tish bo`ldi. Uzoq muhokamadan so`ng har bir hakaton ishtirokchisi ismining bosh harflarini bildiruvchi STX.UZ jamoasi nomini tanlashga qaror qilindi. Ushbu STX.UZ domeni band qilinib O‘zbekiston Respublikasi hududida platforma yaratilishi rejalashtirilib olindi. Platforma tez kunlarda eng tashabbuskor yoshlar va o‘z mutaxassisligi ishqibozlarini o‘zaro bahslashadigan turli turnirlar va xakatonlarni tashkil etish uchun yagona axborot portali bo‘lib xizmat qiladi .

Delegatsiyaning kalendar rejasi juda boy va samarali bo'lib chiqdi. Xalqaro universitetlararo hamkorlik boʻlimi boshligʻi Yekaterina Anatolyevna Belyaevskaya bilan muzokaralar davomida universitetlararo hamkorlikning quyidagi masalalari muhokama qilindi:

·        AndMI xodimlarining SPbPUda malakasini oshirish va qoʻshimcha taʼlim olish uchun xodimlar sonini koʻpaytirish;

·        Institutlar bazasida yetakchi mutaxassislarning o‘zaro tashriflari va ma’ruzalarini tashkil etish;

·        Magistraturaning ikkita ixtisosligi bo‘yicha qo‘shma diplom ta’lim yo‘nalishini ochish uchun hujjatlarni tayyorlash;

·        Xalqaro ilmiy anjumanlarda qatnashish va maqolalar chop etish;

·        AndMI talabalari va xodimlarini SPbPU yozgi lager kurslariga taklif qilish;

·        SPbPU talabalari va aspirantlari safiga qabul qilish talablari hamda SPbPU ilmiy kengashida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish masalalari;

·        Universitetning “Digital research leadership” raqamlashtirish dasturida ishtirok etishga taklif.

Yuqoridagi vazifalar yuzasidan olib borilgan muzokaralar natijasida yangi hamkorlik shartnomasi (memorandum) muhokama qilindi va tasdiqlash uchun taqdim etildi. Xalqaro bo`lim jonkuyar xodimlarining yordamini ham ta'kidlash kerak: Jidkova Mariya Viktorovna va Grudina Mariya Viktorovna delegatsiya a`zolarining tashrifini va SPbPUning diqqatga sazovor joylariga sayohatni a'lo darajada tashkil etganliklari uchun tashakkur bildiramiz.

 

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish