Respublika targ’ibot guruhi a’zolari hamda Andijon viloyatidagi faol xotin-qizlar bilan institut Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi R.K.Yusupova Jalaquduk tumani, 3-sektor hududidagi korxonalarda xotin-qizlar bilan uchrashuv-muloqotda qatnashmoqdalar. Ahamiyatlisi "Samo" korxonasida 1000 nafar xotin-qizlar faoliyat yuritmoqdalar Korxona "ayollar daftari" ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta'minlab kelmoqda.
Uchrashuvda tumandagi faol va tashabbuskor xotin-qizlar, nuroniy onaxonlar, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirok etdi. Shuningdek, uchrashuv davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari kafolatlarini ta'minlash borasida kiritilayotgan o‘zgartirishlar xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, bugun har bir sohaga e’tibor qaratilib, imkoniyat va imtiyozlar yaratilganini e’tirof etdilar.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati