2023-yil 11-aprel kuni “Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari” fakultetida “Men referendumga befarq emasman” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Dastlab institut rektori Umid Turdialiyev ushbu umumxalq referendumida ishtirok etish o‘z kelajagi, yurti kelajagi haqida qayg‘uradigan har bir fuqaroning burchi ekanini ta’kidladi.
Tadbir davomida Konstitutsiyaning yangi tahriri Konstitutsiyaning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati jihatidan jiddiy o‘zgarishlar olib kelishi, yangi bob va moddalar mazmun-mohiyati, aholi, ayniqsa, yoshlar, ijtimoiy hayot, ta’lim tizimiga oid yangi moddalar, oliy ta’limga oid maxsus moddalar yangilangan Konstitutsiyaga qo‘shilayotgani aytildi. Shuningdek yangi Konstitutsiyada mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan aholi, ayniqsa, yoshlarning orzu-intilishlari va ehtiyojlari o‘z ifodasini topganligi ta’kidlandi. Yangi konstitutsiyada ta’lim tizimiga katta ahamiyat berilgani, oliy ta’limga oid maxsus moddalar kiritilgani talabalarning ilmiy va ilmiy izlanishlari uchun yanada qulay sharoit yaratishi haqida so‘z bordi. Qolaversa, yangi Konstitutsiyada ijtimoiy hayotga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ushbu mavzuga oid yangi moddalar kiritilgani ta’kidlandi. Yangi konstitutsiyada demokratiya, inson huquqlari va qonun ustuvorligi tamoyillari ham mustahkamlanganligi aytib o‘tildi.
Talabalar tadbirda faol ishtirok etib, Konstitutsiyamizning ularning hayotidagi ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Institut rektori umumxalq referendumida ishtirok etish muhimligini ta’kidlab, har bir fuqaroni o‘z huquq va burchini o‘z mamlakati kelajagiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri O‘zbekiston xalqining yanada demokratik va farovon kelajagini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati