Joriy yilning 7-aprel kuni Iqtisodiyot fakulteti talabalari ishtirokida “Men referendumga befarq emasman” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori Umid Turdialiyev olib bordi. Dastlab Umid Turdialiyev 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha umumxalq referendumida ishtirok etish har bir o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarosining huquqi va burchi ekanligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng yangilanayotgan konstitutsiyadagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi. Jamiyatimizdagi ko‘plab sohalari bo‘yicha yangilanayotgan qonunlar bilan birgalikda ta’lim tizimida tubdan isloh qilinayotganini ta’kidladi.
Yangilanayotgan konstitutsiyaning 41-moddasida iste’dodli yoshlarning moddiy ahvolidan qat’iy nazar ta’lim davom ettirishlari kafolatlanganligi, shuningdek ushbu moddaga qo‘shimcha sifatida Davlat ilm-fanni rivojlantirishga, jahon ilmiy hamjamiyati bilan ilmiy aloqalar o‘rnatishga ko‘maklashadi mazmunidagi jumlalar bilan to‘ldirilganligini aytdi. Bu esa ilm-fanga bo‘lgan e’tiborni yangi bosqichga chiqqani dalolat beradi. Uchrashuvda yangilanayotgan konstitutsiyada ilm-fan, san’at, madaniyat sohalari bo‘yicha mualliflik ishlari to‘liq himoya qilinishi alohida modda bilan mustahkamlab qo‘yilganligini haqida ham so‘z bordi.
Konstitutsiyaning qonun loyihasiga kiritilgan o‘zgarishlar faqatgina inson manfaati uchun xizmat qilishga qaratilganligi, mamlakatimizda inson qadrini yuksak ekanligidan dalolat berishi ta’kidlandi. Uchrashuv davomida referendumni o‘tkazish va unda ishtirok etish tartibi haqida talabalarga tushunchalar berildi. Rektor barcha yoshlarga, mamlakatimizda kechayotgan siyosiy jarayonga bo‘lgan daxldorlik hissini yanada oshirish zarurligini ta’kidlab, bu borada talabalarni faollikka chaqirdi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati