Joriy yilning 6-aprel kuni “Referendum va yoshlar” mavzusida targ‘ibot tadbiri Avtomobilsozlik fakulteti talabalari ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya” mavzusida o‘tdi. Dastlab rektor tomonidan 30-aprel kungi referendumda ishtirok etish konstitutsiyaviy huquqlari ekanligi, o‘z kelajaklari uchun befarq bo‘lmasdan, referendumda faol ishtirok etishlar kerakligi ta’kidlandi.
Shuningdek tadbir davomida Umid Turdialiyev tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilayotga o‘zgarishlar xususida to‘xtaldi. Xususan Konstitutsiyaning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyati, yangi bob va moddalarning mazmun-mohiyatiga alohida toʻxtaldi. Yangilanayotgan konstitutsiya aholi, ayniqsa yoshlar, ijtimoiy hayot, ta’lim tizimiga oid yangi moddalar, oliy ta’limga oid alohida moddalar qo‘shilayotgani va ularning mazmun-mohiyatini borasida tushunchalar berildi.
Uchrashuv davomida talabalarning ushbu o‘zgarishlar borasidagi fikr mulohazalari, o‘quv jarayoni davomida yuzaga kelayotgan savollariga javoblar berildi. Institutimizda yo‘lga qo‘yilgan 2-kursdan boshlab bitiruv malakaviy ish mavzulari doirasida talabalarning amalga oshirayotgan faoliyatlari bo‘yicha talabalar ma’lumotlar berishdi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati