Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Oliy taʼlim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari toʻgʻrisida” oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi 34-sonli bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy 2023-yilning 6-aprel kuni Andijon mashinasozlik instituti Rektori U.M. Turdialiyev, “O‘quv ishlari bo‘yicha” prorektori S.Aliyev, Mashinasozlik texnologiyasi dekani M.Jo‘raxonov, “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi mudiri Sh.Yo‘ldashev, “Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi boshlig‘i M.Maribjonov hamda “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi O.Abdujabbarovlardan iborat institut jamoasi “UzAutoSanoat” AJ tarkibiga kiruvchi yangi tashkil etilgan “Auto Spring Components” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishish va o‘zaro hamkorlik masalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida korxonaga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida “Auto Spring Components” MChJning bosh direktorning birinchi o‘rinbosari Axmedov Nodirjon Raxmatovich, Eritish sexi boshlig‘i Qayumov Baxtiyar Ganidjanovich, Bosh metallurg Najmitdinov Avazxon Xalilulloxon o‘g‘li va Xodimlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi Xamidov Muydinbek Ulug‘bek o‘g‘lidan iborat korxona vakillari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, yosh stajor-o‘qituvchilar va talabalar uchun amaliyot(stajirovka) jarayonlarini korxonada tashkil etish, institutining sohaga mos yoʻnalishlari boʻyicha korxonada kafedra filiallarini ochishga yordam berish masalasini ko’rib chiqish, korxona taklifiga ko‘ra yangi yo‘nalishlar tashkil etish va amaliyot davridayoq talabalarni ishga olib qolish masalalari bo‘yicha tegishli tartibda faoliyatni tashkil etishga kelishib olindi
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati