Andijon mashinasozlik institutida 4-8 aprel kunlari «Ta’lim, fan va innovatsiyalar rivojlanishida yoshlarning o‘rni» mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjuman haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun Mashinasozlik texnologiyasi, Avtomobilsozlik hamda Iqtisodiyot fakultetlarida mazkur haftalikka start berildi. Haftalik doirasida institutimizning 2-3-4-bosqich talabalari o‘z bitiruv malakaviy ish mavzulari doirasida amalga oshirilgan faoliyatlari bo‘yicha ilmiy tezislar yozib, hisobot berishmoqda.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati