Joriy yilning 3-aprel kuni institutimizda “Referendum-2023 – Konstitutsiya barchamizniki” targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari To‘lqin Karimov, Farhod Ashmatov, institut Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Akmal Ermatov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yangi tahrirdagi konstitusiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan yangilik va o‘zgarishlarga chuqur, hayotiy misollar bilan izohlab berdi. Yangilanayotgan Konstitutsiyada oʻqituvchilar maqomi oshirish, yoshlar bandligi taʼminlash, ayniqsa, oliy ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, inson qadrini ulug‘lash borasidagi islohotlar haqida aytib o‘tildi. Shuningdek, uchrashuv davomida mehmonlarning mavzu doirasidagi turli maʼruzalari tinglandi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati