Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti jamoasi yangi xalqaro ta’lim loyihasida o‘z faoliyatini boshladi

Joriy yilning 29-30 mart kunlari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida Erasmus+ "Oliy ta'limda salohiyatni oshirish-CBHE" yo'nalishi doirasida "I2-PLEDGE: Biotibbiyot muhandisligi bo'yicha innovatsion va fanlararo dasturlarni O'zbekistondagi talabalarning ishga joylashishi uchun raqamli o'sish dasturidan foydalanish" loyihasi ishtirokchilaring dastlabki uchrashuvi tashkil etildi. Ushrashuvga Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Elchisi Sharlotta Adrian, Erasmus+ Milliy offisi koordinatori Aziza Abdurahmanova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul xodimlari Yevropaning 2 ta universiteti, 1 ta malaka oshirish markazi va O‘zbekiston Respublikasining 7 ta oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Loyiha sohasidagi hamkor ta’lim muassasalari:

1.      Laquila Universiteti – Italiya

2.      G‘arbiy Makedoniya Universiteti – Gretsiya

3.      Epimorfotiki Kilkis xalqaro malaka oshirish markazi – Gretsiya

4.      Toshkentdagi Turin politexnika universiteti

5.      Toshkent tibbiyot akademiyasi

6.      Toshkent davlat texnika universiteti

7.      Andijon mashinasozlik instituti

8.      Adijon davlat tibbiyot instituti

9.      Toshkent ahborot texnologiyalar universitetining Urganch filiali

10.  Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali

Loyiha kordinatori tomonidan loyihalarni boshqarish bo'yicha barcha muhim ma'lumotlar, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish bo'yicha tavsiyalar va EACEA vakillarining so'nggi yangiliklarini taqdim etildi. Uchrashuvlar davomida moliyaviy masalalar, har bir oliy ta’lim muassasasining loyihadagi o‘rni, ish to‘plamlari, bo‘lajak tadbirlar rejasi, natijaga erishish muhimligi kabi masalalar ham muhokama qilindi. Andijon mashinasozlik instituti jamoasi ham loyihada o‘zlariga tegishli bo‘lgan vazifalar yuzasidan taqdimotlarini o‘tkazdi.


Andijon Mashinasozlik Instituti

Axborot xizmati

Qidirish