Joriy yilning 30-mart kuni institut “Ilmiy Kengashi” ning navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘li o‘tdi. Yig‘ilishda quyidagi asosiy va turli masalalar muhokama qilindi.
Institut rektori U.M.Turdialiyevning Janubiy Koreyaga safari xisoboti;
2022/2023 o‘quv-yilining birinchi yarim-yillik yakunlari haqida;
Andijon mashinasozlik instituti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalariga o‘qishning 2-bosqichidan boshlab ilmiy rahbar va bitiruv malakaviy ish mavzularini biriktirish hamda biriktirilgan rahbar va mavzu bo‘yicha ishlash tizimi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar monitoringi natijalari haqida;
Yakuniy davlat attestatsiya sinovlariga tayyorgarlik ishlarining borishi haqida;
Ijro intizomi va hujjatlar nazorati (O‘zbekiston Respublikasining Hukumat qarorlari hamda farmoyishlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorlari) hamda ushbu jarayonni amalga oshirish haqida va fuqarolar murojaatlari monitoringi to‘g‘risida;
Andijon mashinasozlik instituti Rossiya Federatsiyasining Buyuk Petr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti bilan hamkorlikda AndMI talabalari uchun tashkil etilgan scholarship dasturi g‘oliblarini “Xakaton” mexatronika va progammalashtirish musobaqasida qatnashishga yuborish to‘g‘risida.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati