Yangiliklar

Image

Talabalar teatr studiyalari ko‘rik tanloviga start berildi

Xabaringiz bor talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning turli sohalardagi iqtidorlarini namoyish qilishlariga ko‘maklashish maqsadida institutimizda ma’naviy-ma’rifiy, sport ko‘rik tanlovlari va musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Bugun, 29-mart kuni Talabalar teatr studiyalari ko‘rik tanloviga start berildi. Bugun Elektrotexnika fakulteti talabalari tomonidan “To‘da” hamda Transport va logistika fakulteti talabalari tomonidan“Uch kunlik dunyo” spektakllari namoyish etildi. Ertaga soat 14:00 da asosiy bino anjumanlar zalida Avtomobilsozlik va IB va KT fakulteti talabalar teatr studiyalarining chiqishlari bo‘lib o‘tadi.  

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish