29-mart kuni Andijon mashinasozlik institutida “Referendum – 2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida targʻibot tadbiri o’tkazildi
Tadbirda Andijon mashinasozlik instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.Ermatov hamda tadbirga tashrif buyurgan Andijon viloyati Adliya boshqarmasi vakillari B.Karimov va M.Muhammedov, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Andijon viloyat bo’linmasidan H.Akbarov va Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili G.Abduvohidovalar yangilanayotgan konstitutsiyadagi bir qator moddalarga kiritilayotgan o’zgarishlar va buning asosida fuqarolarga yaratilayotgan afzalliklar to‘g‘risida institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalariga tushunchalar berdilar. Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati