Yangiliklar

Image

Forum doirasida Koreya oliygohlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi

Xabaringiz bor, hozirda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida birinchi marta O‘zbekiston-Koreya rektorlari forumi bo‘lib o‘tmoqda. Kuni kecha rekorimiz forumda “Bilimlarni ulashish” mavzusida ma’ruza qilgan bo‘lsa, undan so‘ng bir qator Koreya oliygohlari prezidentlari bilan uchrashib hamkorlik aloqalarini olib borish masalasida muzokaralar olib bordi. Jumladan Tongmyong University prezidenti doctor, Chun Ho Hwan, Halla University prezidenti Eung Gweon Kim. 

Muzokaralar ijobiy ruhda yakunlanib, Tongmyong University, Halla University, Korea National University of Transportation oliygohlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. Endilikda ushbu oliygohlar bilan mos muhandislik yo‘nalishlarida yo‘nalishlar orqali professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, ushbu oliygohlar tajribasi asosida mos yo‘nalishlarni modernizatsiya qilish va boshqa masalalar bo‘yicha hamkorlikda ish olib boriladi. 

Bugun ham bir qator oliygohlar prezidentlari bilan uchrashuvlar belgilangan. Bugungi uchrashuvlar tafsiloti haqida keying xabarlar orqali ma’lumot beramiz.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish