Yangiliklar

Image

“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27-mart kuni Talaba-yoshlarning bo‘sh vatqlarini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidorlarini namoyosh etishga ko‘maklashish maqsadida institut fakultetlari aro Quvnoqlar va zukkolar ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda IB va KT fakulteti “Jeklar” jamoasi, Elektrotexnika fakulteti “Eelektr” jamoasi, Transport va logistika fakulteti “Yosh Beklar” jamoasi, Avtomobilosozlik fakulteti “Shedevr” jamoasi, Iqtisodiyot fakultetining “Iqtisod” jamoalari ishtirok etishdi.

Talabalar tomonidan qiziqarli, chapani hazillari tomoshabinlarning kayfiyatini yuqori darajaga ko‘tardi va bellashuv yuqori darajada o‘tdi. Tanlov yakuniga ko‘ra Shedevr jamoasi bellashuvning g‘olibligini qo‘lga kiritdi. O‘tgan bellashuv chempionlari Elektr jamoasi ikkinchi o‘rin, Jeklar jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish