Yangiliklar

Image

“Referendum va yoshlar” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Xabaringiz bor joriy yilning 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahririni qabul qilish bo‘yicha umumxalq referundumi bo‘lib o‘tadi.

Bugun, 27-mart kuni institutda “Referendum va yoshlar” shiori ostida “Konstitutsiya barchamizniki - Kelajaging uchun  ovoz ber!” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Ermatov tomonidan konstitutsiyaning yangi tahririda ijtimoiy, iqtisodiy, sud-huquq, ta’lim, yoshlarga oid kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.  Shuningdek talaba yoshlarni ushbu referendumda faol ishtirok etishga chorladi.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish