Yangiliklar

Image

Doktorantlarning birinchi yarim yillik xisobotlari tinglanmoqda

2023-yilning 24-mart kuni "Muqobil energiya manbalari" va "Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar" kafedrasi doktorantlari tomonidan joriy yilning birinchi choragida bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan seminar o‘tkazildi hamda bajargan ishlari xisobotlari tinglandi. Seminarda institut ilmiy bo‘lim boshlig‘i, kafedra mudiri va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. 

Seminardan keyin ilmiy bo‘lim boshlig‘i kafedra professor-o‘qituvchilar bilan kafedra tomonidan 2022 yilda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida erishgan yutuqlari va kamchiliklari bo‘yicha suhbat o‘tkazdi hamda kafedraning 2023 yil uchun ilmiy tadqiqot rejasini ishlab chiqish chora tadbirlarni belgilash vazifasi kelishib olindi.

 

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

 

 

 

 

Qidirish