Yangiliklar

Image

Zukko kitobxon ko‘rik-tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24-mart kuni institut asosiy bino Yoshlar bog‘ida Zukko kitobxon ko‘rik tanlovining institute bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda barcha fakultetlardan jamoalar ishtirok etib, ularning Odil Yoqubovning - Koʻhna dunyo, Pirimqul Qodirov - Ona lochin vidosi, Jeyn Ostin - Andisha va gʻurur asarlari borasida bilimlari sinovdan o‘tkazildi. 

Tanlov yakunida mazkur asarlarning eng bilimdonlari deb Avtomobilsozlik jamoasi topildi. Ikkinchi o‘rinni Iqtisodiyot fakulteti jamoasi, uchinchilikni esa Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti jamoasi qo‘lga kiritdi.

 

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish