Yangiliklar

Image

Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki

Bugun erta tongdan mamlakatimizning har bir nuqtasida “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida xalqimizning ezgulikka, obodlikka qaratilgan odatlaridan biri umumxalq hashari boshlandi. Yurtimizning obodligiga befarq bo‘lmagan har bir inson o‘zining kichik bo‘lsada hissasini qo‘shmoqda.

 

Bugun institutimizda ham ushbu ezgu chaqiriqqa labbay degan holda erta tongdan obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Professor-o‘qituvchilar, talabalar, ishchi xodimlar umuman Andijon mashinasozlik instituti oilasi oliygohimizning obodligi va fayzi yo‘lida o‘z mehnatlarini ayamadilar. 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish