Yangiliklar

Image

Handong Global Universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

Avval xabar berganimizdek, institutimiz rektori Umid Turdialiyev hamda Avtomobilsozlik kafedrasi katta o‘qituvchisi Oybek Tursunovlar hozirda Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib turibdilar. Safar davomida institutimiz uchun bir qator manfaatli muzokaralar o‘tkazilib hamkorlik memorandumlari imzolanmoqda. Incheon Milliy Universiteti va Ajou Motor Kolleji bilan imzolangan shartnomalar shular jumlasidandir. 

Joriy yilning 16-mart kuni rektorimiz Handong Global Universitetida bo‘lib, prezident Dosoungng Choi bilan uchrashib hamkorlik aloqalarining yangi bosqichini muhokama qildi. Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Andijon mashinasozlik instituti hamda Handong Global Universiteti  2019-yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqdalar. Hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar almashinuvi, xorijiy o'quv adabiyotlarini yetkazib berish va boshqa yo'nalishlar boyicha ishlar olib borilgan.  

Shundan so‘ng institutimiz vakillari universitet  ta’lim tizimi, moddiy texnik bazasi va laboratoriyalar bilan tanishdilar. Shuningdek tegishli fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilan bilan uchrashib, hamkorlikni yanada kengaytirish, talabalar almashinish va Andijon mashinasozlik institutida Koreya tajribasi asosida yangi ta’lim yoʻnalishlarini ochishda hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

 


Andijon Mashinasozlik Instituti

Axborot xizmati

Qidirish