Joriy yilning 15-mar kuni Paxtaobod tumani 4-maktab o‘quvchilari Andijon mashinasozlik institutiga bitiruvchi sinflarni oliy ta’limga jalb qilish maqsadida o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari doirasida tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Transport logistikasi professor-o‘qituvchilari hamrohlik qilib, institut haqida tanishtirishdi. Bitiruvchilar institutimizda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, axborot-resurs markazlari, laboratoriya xonalari, talabalar turar joylarida bo‘lishdi. Shuningdek institutda mavjud yo‘nalishlar, xalqaro aloqalar, talabalarni qo‘llab-quvvatlash masalasida qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati