Yangiliklar

Image

Bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash maqsadida Artel kompaniyasi vakillari institutimizga tashrif buyurdi

Joriy yilning 15-mart kuni Artel korxonasi Innovatison o‘quv markazi direktori o‘rinbosari G‘ayrat Isoqov bilan bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash masalasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dastlab Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Ermatov so‘zga chiqib mehmonlarni tanishtirdi hamda talabalar ushbu imkoniyatdan foydalanishlari zarurligi ta’kidlanib, ularni ish bilan ta’minlash bo‘yicha jadal olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv kompaniyaning o‘zi, uning tarixi va mahsulotlari haqida qisqacha ma'lumot bilan boshlandi, videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek korxonada ishga joylashish imkoniyatlari, yosh mutaxassislardan qanday ko‘nikma va fazilatlar talab etilishi, korxona ishchilari qnaday afzalliklarga ega bo‘lishi haqida batafsil ma'lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga kompaniya vakillaridan javoblarga ega bo‘lishdi.  Shundan so‘ng korxonada ishlash istagini bildirgan talabalardan rezyumelar qabul qilinib, dastlabki tanishuv suhbat jarayoni tashkil etildi.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish