Yangiliklar

Image

Institutda “XXI asr ilm-fani va ta’lim sohasida ayollar: yutuqlar va muammolar” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi

yollar ilm-fan va ta’lim sohasida muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklar va to‘siqlarga duch kelishadi. Jumladan qo‘llab-quvvatlashning yetarli emasligi, moliyaviy qiyinchiliklar, ish va hayot muvozanati bilan bog‘liq muammolar ularning ilm-fan sohasidagi faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Mamlakatimizda so‘ngi yillarda olima xotin-qizlarni erishayotgan yutuqlari, ilmiy izlanishlari bilan shug‘ullanishlarida e’tirof etish va qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan va ta’limning yanada teng va samarali sohasini yaratish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan turli seminar-treninglar, konferensiyalar, muvaffaqiyatga erishgan ayollar bilan uchrashuvlar shular jumlasidandir. 

Joriy yilning 15-mart kuni Andijon mashinasozlik institutida “XXI asr ilm-fani va ta’lim sohasida ayollar: yutuqlar va muammolar” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Andijon viloyati hokimiligi vakillari, ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan xorijiy va mamlakatimiz ayol-qizlari ishtirok etishdi. Konferensiyada xorijiy mehmonlardan Principal Government College of Hamirpur doktori Anju Batta Sehgal, Don davlat texnika universiteti decani, Rossiy ta’lim akademiyasi akademigi Irina Abakumova, Qirg‘iz  Respublikasi yozuvchilar uyushmasi jurnalisti, “Xotin-qizlar maslahat kengashi” raisi Matluba Musabaevalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Konferensiyani Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Gulnora Abdullayeva ochib berdi. Kirish so‘zidan so‘ng mavzu bo‘yicha ma’ruzalar o‘qildi.  Anjuman Ta’lim sifatini oshirish, Ilm-fanni rovojlantirish hamda Gender tengligi sho‘balarida davom etdi.

Konferensiyadan lavhalar







Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish