Kuni kecha, 14-mart kuni Andijon mashinasozlik instituti bitiruvchi talabalari hamda KONCH sement zavodi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor U.Madrahimov, Konch zavodi administratsiyasi a’zosi Tan Xiao Cheng, Ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Ma Yang Hong, Karyer bo‘limi boshlig‘i Sio Chong Shonlar ishtirok etishdi. Dastlab talabalarga korxonaning rejalari, ish o‘rinlari, ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng talabgor talabalar uchun suhbat jarayoni tashkil etildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati