Xabaringiz bor, ayni vaqtda institutimiz rektori Umid Turdialiyev va Avtomobilsozlik kafedrasi katta o’qituvchisi Oybek Tursunovlar xizmat safari bilan Janubiy Koreya davlatida bo‘lib turibdilar. Bugun, 14-mart kuni rektorimiz Ajou Motor Kollejiga tashrif buyurib muassasa prezidenti Lee Soohun bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida avtomobilsozlik sohasida hamkorlik qilish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, “Ajou Motor” kolleji tajribasi asosida Andijon mashinasozlik institutida "Avtomobillar dizayni" laboratoriyasini tashkil qilish va hamkorlikda professional ta'lim dasturlarini yo'lga qo‘yish masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi hamda hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shundan so‘ng rektor ta’lim muassasining o'quv jarayoni, laboratoriyalari va o'quv-amalyot markazlariga, hususan, Avtomobil dizaynerlik laboratoriyasiga tashrif buyurib, mazkur jarayon bilan yaqindan tanishdi, Tashrif davomida muassasada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan ham uchrashuv tashkil etildi.
Andijon Mashinasozlik institutining
Axborot xizmati