Yangiliklar

Image

Institut ayol-qizlari o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 13-mar kuni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba qizlar o‘rtasida voleybol, stol tennisi hamda 300 metrga yugurish bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.

Voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqda Elektrotexnika fakulteti jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni IB va KT, uchinchi o‘rinni Avtomobilsozlik fakultetlari egalladi.

Yugurish musobaqasida esa: 1-o‘rin O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi X.Mahsudova, 2-o‘rin TVM kafedrasi I.Oxunboyeva , 3-o‘rin MICHA kafedrasi S.Atajanova. 

Talaba qizlar o‘rtasida yugurish musobaqasi natijalari: 1-o‘rin Transport va logistika fakulteti talabasi Sh.Madaminova, 2-o‘rin IB va KY fakulteti talabasi D.Ne’matova, 3-o‘rin Transport va logistika fakulteti talabasi S.Hakimova. 

Stol tennisi bo'yicha: 1-o'rin Transport va logistika fakulteti talabasi R.Odiljonova, 2-o'rin Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti U.Hasanova, 3-o'rin IB va KT fakulteti talabasi D.Ne'matova


Andijon mashinasozlik institutining 

Axborot xizmati

Qidirish