Yangiliklar

Image

Andijon Mashinasozlik instituti hamda Janubiy Koreyaning “Incheon Milliy” universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Xabaringiz bor institutimiz rektori Umid Turdialiyev xizmat safari bilan Janubiy Koreyaga jo‘nab ketgan edi. Bugun, 13-mart kuni rektor Incheon milliy universiteti prezidenti Dr. Jong-Tae Park bilan uchrashib ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi. 

Uchrashuvda ikki oliygoh oʻrtasida keng koʻlamli masalalarda hamkorlik qilish boʻyicha muhokamalar boʻlib oʻtdi. Muhokama ijobiy ruxda oʻtib, natijada ikki oliy ta’lim muassaslari oʻrtasida magistratura mutaxasisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini ochish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, Andijon Mashinasozlik institutida Koreys tili o‘rgatish markazini ochish, shuningdek ilmiy va taʼlim sohasidagi strategik sheriklikni yoʻlga qoʻyish, ilgʻor ilmiy va taʼlim tajribasini almashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va xalqaro miqyosda integratsiyaviy aloqalarni rivojlantirishning umumiy yoʻlida universitetlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirish kabi masalalarda birgalikda ish olib borish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish