Yangiliklar

Image

Futbol musobaqasi o'z nihoyasiga yetdi

"Navro'z" umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil qilingan futbol musobaqasi yakunlandi. Dastlab, "Mashinasozlik texnologiyasi" va "Avtomobilsozlik",  "Intelektual boshqaruv va kompyuter tizimlari" hamda "Transport va logistika" fakultet jamoalari o'rtasida yarim final bosqichi o'tkazildi. 1-yarim final o'yini "Mashinasozlik texnologiyasi" 4:2 "Avtomobilsozlik", 2-yarim final o'yini penaltilar seriyasida "Intelektual boshqaruv va kompyuter tizimlari" 5:4 "Transport va logistika" hisobida yakunlanib g'olib bo'lgan jamoalar final bosqichiga yo'l oldi.


 

Final o'yinining 1-yarmida jamoalar kuchlari teng keldi. O'yinning 2-bo'limida "Mashinasozlik texnologiyasi" fakulteti jamoasi hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Final o'yini 1:0 hisobida "Mashinasozlik texnologiyasi" fakulteti jamoasi foydasiga yakunlandi.

I o'rin       Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti

II o'rin      Intelektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti

III o'rin     Transport va logistika fakulteti jamoasi


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish