Har yili bahor fasli kirib kelishi bilan milliy bayramlariz oldidan xalqimizning poklik, ozodalikka bo'lgan e'tibori yanada kuchayib, uylarimizda, ishxonalarimizda, mahallalarimizda ommaviy obodonlashtirish hasharlari o'tkaziladi. Bugun, 11-mart kuni 21-mart Navro'z umumxalq bayrami oldidan tayyorgarlik ko'rish va munosib kutib olish maqsadida Andijon mashinasozlik institutida professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda ko'ngilli talabalar ishtirokida institutimizda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari o'tkazildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati