Joriy yilning 9-mart kuni Andijon mashinasozlik instituti bitiruvchi talabalari hamda “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida kompaniy vakillari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berilib, ishga joylashish jarayonlari bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi. Shundan so‘ng kompaniyada faoliyat yuritishni istovchi talabalar uchun suhbat jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Suhbat “UzAuto Motors” AJ o‘quv markaz bo‘limi rahbari Sh.Sobirjonov, “UzAuto Motors” AJ Muxandislik maxsulotlari boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilib, 80 nafar bitiruvchi talabalar ishtirok etishdi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati