Yangiliklar

Image

Talabalar o'rtasida futbol musobaqasiga start berildi

Xabaringiz bor “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan bir qator tanlov va sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bugun talaba yigitlar o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqalariga start berildi. Musobaqa doirasida bugun IB va KT – Elektrotexnika, Transport va logistika – Iqtisodiyot jamoalari o‘rtasida o‘yinlar o‘tkazildi. Tomoshabinlar qiziqarli uchrashuvlarga guvoh bo‘ldilar. Amaldagi chempionlar IB va KT jamoasi o‘z raqiblari Elektrotexnika jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan bo‘lsa, ikkinchi o‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Dastlab 1-0 hisobida ortda qolayotgan Iqtisodiyot jamoasi iroda ko‘rsatib oldinga o‘tib oldi, ammo yakunda Transport va logistika jamoasi ham kambek namoyish etib keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 Ertaga Avtomobilsozlik – Mashinasozlik texnologiyasi fakultetlari hamda yarim final bahslari o‘tkaziladi.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

 

Qidirish