Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti va “Konch” korxonasiga qarashli sement zavodi o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatish masalasida uchrashuv tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Oliy taʼlim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari toʻgʻrisida” oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi 34-sonli bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy 2023-yilning 3-mart kuni Andijon mashinasozlik instituti “O‘quv ishlari bo‘yicha” prorektori S.R.Aliyev, Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i F.A.Karimova, “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedrasi professori G.J.O’razimbetova hamda “Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limidan iborat institut jamoasi “Konch” korxonasiga qarashli sement zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishish va o‘zaro hamkorlik masalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida korxona vakillari bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida zavodning inson resurslarini boshqarish bo’limi boshlig’i Yang JingXing va tashqi muvofiqlashtirish uchun mas’ul Jin Jin bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, talabalar uchun amaliyot(stajirovka) jarayonlarini korxonada tashkil etish, institutining sohaga mos yoʻnalishlari boʻyicha korxonada pullik stajirovkalar tashkil etishni ko’rib chiqish va amaliyot davridayoq talabalarni ishga olib qolish masalalari bo‘yicha tegishli tartibda faoliyatni tashkil etishga doir masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi. 

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish