Yangiliklar

Image

Professor-o'qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o'rtasida minifutbol musobaqasi o'tkazildi

Xabaringiz bor 21-mart Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan institut professor-oʻqituvchilari hamda ishchi xodimlari, talabalari oʻrtasida bir qator sport turlari boʻyicha sport musobaqalari boʻlib oʻtishi haqida ma’lumot bergan edik. Bugun, 1-mart kuni sportning miniftubol turi boʻyicha professor-oʻqituvchilari hamda ishchi-xodimlari oʻrtasida musobaqa boʻlib oʻtdi.

 

 

Barcha oʻyinlar murosasiz hamda qizgʻin kechib, bazida gʻoliblar futbol lotoreyasi penaltilar orqali aniqlangan boʻlsa, bazi oʻyinlarda yirik hisoblar ham yuzaga keldi. Musobaqa yakunida doimo favoritlar qatorida turadigan Transport va logistika fakulteti jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrinni esa irodali tarzda oʻyin koʻrsatgan Avtomobilsozlik fakulteti jamoasi qoʻlga kiritdi. Oʻzida bir qator kuchli oʻyinchilarni jamlagan boʻlsada IB va KT jamoasi uchinchi oʻrinni egalladi.

 


Andijon mashinasozlik institutining 

Axborot xizmati

Qidirish