Yangiliklar

Image

Korrupsiyaga qarshi kurashishda faol bo'lganlar taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 22-oktabrdagi 443-son buyrug‘i hamda Andijon mashinasozlik institutining 2023 yil 8-fevraldagi 92-k-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, institutda komplaens nazorat tizimini joriy etish va korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish, 2023-yilda soha bo‘yicha natijadorlikni yanada ko‘tarish maqsadida 25-fevral kuni bo'lib o'tgan ilmiy kengash yig'ilishida  2022-yilda eng yuqori reyting ko‘rsatqichlarini qo‘lga kiritgan bo‘limlar, fakultetlar dekanatlari, kafedralar va alohida mas'ullar taqdirlandi.

Jumladan, bo‘limlar o‘rtasida birinchi o‘rinni Sirtqi ta'lim bo‘limi ( boshlig‘i Z.Tuxtabayev), ikkinchi o‘rinni Xodimlar bo‘limi (boshlig‘i S.Baynazarova) hamda 3-o‘rinni Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi (boshlig‘i M.Yusupova)qo‘lga kiritishdi . Fakultetlar o‘rtasida birinchi o‘rin Mashinasozlik texnologiyasi (dekani M.Jo‘raxonov), ikkinchi - Elektrotexnika (dekani Sh.Daliyev) va uchinchi o‘rin Avtomobilsozlik (dekani T.Turg‘unov) fakultetlariga nasib etdi.

Kafedralar o‘rtasida birinchi o‘rinni Gumanitar fanlar (mudiri I.Sirojiddinova), ikkinchi  o‘rinni Mehnat muhofazasi  (mudiri N.Qabulova) va uchinchi o‘rinni Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar  (mudiri B.Mamajonov) kafedralar egalladilar.

Alohida mas'ullar kategoriyasida institut huquqshunosi S.Isayev- birinchi, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslaxatchisi RYusupova - ikkinchi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi I.Qobulov

Go‘lib va sovrindorlarga esdalik diplomlari topshirildi. Rektor buyrug‘i bilan tuzilmalar (bo‘lim, fakultet dekanatlari va kafedralar) o‘rtasida birinchi o‘rin uchun Kompyuter, ikkinchi o‘rin uchun "3x1" printer va uchinchi o‘rin uchun  oq-qora printerlar bilan taqdirlanadilar.

Alohida mas'ullar o‘rtasida birinchi o‘rin uchun 3 mlllion so‘m,  ikkinchi o‘rin uchun 2 mlllion so‘m va uchinchi o‘rin uchun  1 mlllion so‘m bilan taqdirlanadilar.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish