Yangiliklar

Image

“Iqtisodiyot” fakultetida “Yoshlar orasida giyoxvandlik vositalarini tarqalishiga qarshi kurashish” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 23-fevral kuni Iqtisodiyot fakultetida “Yoshlar orasida giyoxvandlik vositalarini tarqalishiga qarshi kurashish” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida talabalarga ushbu illatga qarshi kurashish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbirda Iqtisodiyot fakulteti dekani D.Sarimsaqov, Andijon shahar IIOFMB JQB Narkomaniya bo‘limi boshlig‘i katta leytenant F.Sharofuddinov, Tezkor vakili katta leytenant M.Soliyev, I.Oripov, uchastka noziri I.Qaxxorov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xaliqova, Yoshlar yetakchisi I.Kabulov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Odilov, tyutorlar, fakultet talabalari ishtirok etishdi.

 

 

Tadbirda soʻzga chiqqanlar butun dunyoda keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan eng dolzarb muammolardan biri hisoblangan giyohvandlikka qarshi kurashish bugungi va ertangi jamiyatni sog‘lom barpo etilishida muhim ahamiyat kasb etishi haqida gapirdi. Shuningdek ushbu illatga qarshi kurashishda har bir talaba, xodim birdek mas’ul ekanligi, avvalo bu illatning oqibatlari nimalarga olib kelishi haqida chuqur mushohada qilib, atrofdagilarga ham uning zararlari haqida yetkazish, bu orqali yoshlar orasida uchrayotgan salbiy holatlarni oldini olishga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida so‘z yuritdi.
Ayniqsa so‘nggi paytlarda yoshlarimiz orasida ushbu og‘uni iste’mol qilish, bilib-bilmay uning sotuviga aralashib qolish holatlari uchrayotgani, afsuski ularning ayrimlari oliy ta’lim muassasasi talabalaridan tashkil topayotgani achinarli holat ekanligini aytib talabalarni xushyorlikka chaqirdi.

Narkotik moddalarni qabul qilish ta'siri ostida tez-tez jinoyatlar sodir etiladi.Giyohvandlik bilan jinoyatchilik o'rtasidagi bog'liqlik giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi oqibatida yuzaga keladigan huquqbuzarlik harakatlarining sodir etilishida namoyon bo‘lishini takidlab o‘tildi.

 


So'nggi yillarda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarga qaram shaxslar yoshining quyi chegarasi 17-30 yoshlar o'rtasida kuzatilmoqda va mazkur turdagi giyohvandlik vositalarini iste'mol qilishga asosiy sabablardan biri sifatida esa shaxsning og'ir oilaviy sharoitlarda tarbiyalangani, xo'rlash, tahqirlash, shafqatsiz muomalaga duchor bo'lganligi e'tiborsizlik yoki xaddan tashqari ortiqcha e'tibor qaratish asosiy sababi qilib ko'rsatilmoqda. Bunday sharoitlarda tarbiyalanayotgan yoshlar esa narkotik vositalar bilan savdo qiluvchi “uddaburon tadbirkorlar”ga yaxshigina o‘lja bo‘lishini va bu illatdan extiyot bo‘lishlari hamda doim ogohlikka chaqirdi. Davra suhbati yakunida talabalarning tadbir bo‘yicha fikr va xulosalari tinglandi.


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish