Yangiliklar

Image

Institut Ilmiy Kengashining kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 25-fevral kuni Andijon mashinasozlik instituti Ilmiy Kengashining navbatdagi kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 22-oktabrdagi 443-son buyrug‘i hamda Andijon mashinasozlik institutining 2023 yil 8 fevraldagi 92-k-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, institutda komplaens nazorat tizimini joriy etish va korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish, 2023-yilda soha bo‘yicha natijadorlikni yanada ko‘tarish maqsadida 2022 yilda eng yuqori reyting ko‘rsatqichlarini qo‘lga kiritgan bo‘limlar, fakultetlar dekanatlari, kafedralar va alohida mas'ullar taqdirlandi.

 

 

Bugungi yigʻilishda ushbu asosiy hamda turli masalalar yuzasidan qizgʻin muhokamalar boʻlib oʻtdi. Institut Ilmiy kengashining 2022-yil 1-mart kunidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti, uning tasarrufidagi kafedralarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida.

Institutdagi fakultet, kafedra hamda tarkibiy bo‘linmalardagi ijro intizomi holatini o‘rganish to‘g‘risida.

Institutning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida.

Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining 2022-yil uchun yillik xisoboti to‘g‘risida.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish