Yangiliklar

Image

“Avtomobilsozlik” fakultetida “Yoshlar orasida giyoxvandlik vositalarini tarqalishiga qarshi kurashish” mavzusida profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi

Bugungi kunda jamiyatimizda, O'zbekiston Respublikasi giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo'yicha xalqaro hamjamiyat oldidagi o'z majburiyatlarini to'laqonli bajarishiga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Respublikamizda huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda bojxona organlari tomonidan ham transmilliy narkoguruhlarning qonunga zid faoliyatini aniqlash va chek qo'yish, kontrabanda kanallarini yopish, giyohvand o'simliklar maydonlarini yo'q qilish va giyohvandlik illati yoyilishining oldini olish bo'yicha maxsus kompleks operatsiyalar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. 

 


     Joriy yilning 22-fevral kuni Avtomobilsozlik fakultetida “Yoshlar orasida giyoxvandlik vositalarini tarqalishiga qarshi kurashish” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida talabalarga ushbu illatga qarshi kurashish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir davomida so‘z olganlar, Giyohvandlik butun dunyoda keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan eng dolzarb muammolardan ekanligi, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bog'liq jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi juda yuqoriligi haqida aytib oʻtildi. Narkotik va psixotrop moddalarni iste'mol qilishning ortishi birinchi o'rinda og'ir kasalliklar va jinoyatlar sodir etilishining ko'payishiga olib keladi. Giyohvandlik - jinoyatchilik bilan chambarchas bog'liq hodisa. Birinchidan, narkotiklarni qo'lga kiritish yoki ularning oldini olish uchun pul topish maqsadida og'ir oqibatli qasddan jinoyatlar sodir etiladi. Ikkinchidan, narkotik moddalarni qabul qilish ta'siri ostida tez-tez jinoyatlar sodir etiladi. . “Asr vabosi'' deb atalayotgan bu- jirkanch illatning yoshlar orasida keng avj olayotganligi yanada ayanchli holat hisoblanadi buning oqibatida qanchadan qancha tinch-totuv yashayotgan oilalarni barbod bo'lmoqda va qanchadan qancha bolalar yetim qolmoqda va yana qanchadan qancha begunoh go'daklar nuqson bilan dunyoga kelmoqda. Giyohvandlik bilan jinoyatchilik o'rtasidagi bog'liqlik giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi oqibatida yuzaga keladigan huquqbuzarlik harakatlarining sodir etilishida namoyon bo‘lishini takidlab o‘tildi.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish