Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti va “Auto Rubber” MChJ o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida ”2019-yil 8-oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Oliy taʼlim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari toʻgʻrisida” oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi 34-sonli bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy 2023-yilning 21-fevral kuni Andijon mashinasozlik instituti “O‘quv ishlari bo‘yicha” prorektori S.Aliyev, “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi mudiri Sh.Yo‘ldashev, “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedrasi mudiri D.Ergashev hamda “Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi boshlig‘i M.Maribjonovlardan iborat institut jamoasi “Auto Rubber” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishish va o‘zaro hamkorlik masalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida korxonaga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida “Auto Rubber” MChJning “Rivojlantirish va texnik masalalari” bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari A.Sadiqov bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, yosh stajor-o‘qituvchilar va talabalar uchun amaliyot(stajirovka) jarayonlarini korxonada tashkil etish, institutining sohaga mos yoʻnalishlari boʻyicha korxonada kafedra filiallarini ochishga yordam berish masalasini ko’rib chiqish va amaliyot davridayoq talabalarni ishga olib qolish masalalari bo‘yicha tegishli tartibda faoliyatni tashkil etishga kelishib olindi.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish