Xabaringiz bor, 20-fevraldan boshlab talabalar turar joylari hamda ijarada istiqomat qilayotgan talabalarning darslardan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish maqsadida sport musobaqalariga start berilgan edi.
Bugun yigitlar oʻrtasida turnikka tortinish boʻyicha, talaba-qizlar oʻrtasida argʻumchoqda sakrash hamda basketbol shitiga toʻp tashlash boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi. Musobaqalar yakunida gʻolib va sovrindorlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Andijon mashinasozlik institutining
Axborot xizmati