Yangiliklar

Image

Institutda "Ayol qismati" badiiy filmi namoyish etilmoqda

Joriy yilning 18-fevral kunidan boshlab Andijon mashinasozlik institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan oʻtkazilgan «Mehr» operatsiyasi doirasida yaqin sharqning notinch hududlaridan olib kelingan ayollar qismatini koʻrsatib beruvchi “Ayol qismati” filmi namoyish etilishi boshlandi.

Oʼzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Mudofa vazirligi buyurtmasiga asosan Kinomatografiya agentligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida «Dilshod media» studiyasi tomonidan suratga olingan kinofilmda Suriyadan olib kelingan ayollardan birining ayanchli taqdiri «Sojida» timsolida juda taʼsirli yoritilgan. Filmning mazmun-mohiyatida inson qadri, Vatan sog‘inchi, tinchlik va farovonlikning qanchalik bebaho neʼmat ekanligi to‘liq ochib berilgan.

 

 

Filmdagi daxshatli voqealar, to‘g‘ri yo‘lidan adashganlar qismati yoshlarga na'muna sifatida Andijon mashinasozlik institutining barcha fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilariga namoyish etilmoqda.

 

 


Andijon mashinasozlik institutining 

Axborot xizmati

Qidirish