Yangiliklar

Image

Institut doktoranti Erasmus + dasturi doirasida Turin politexnika universitetida stajirovka o'tamoqda

Yevropaning “Erasmus+” dasturi doirasida Andijon mashinasozlik instituti doktoranti Abduvohidov Xalilillo 2023-yil fevral oyidan boshlab, 5 oy davomida Italiyaning Turin Politexnika universitetiga stajirovkaga yuborildi. Erasmus + dasturi bu- Yevropa mamlakatlari tomonidan moliyalashtiriladigan dastur bo’lib, talabalarga, agar ularning mamlakati zarur almashinuvda ishtirok etish huquqiga ega bo'lsa, bakalavr, magistr yoki doktorlik darajasidagi talabalar uchun o'quv almashinuvida ishtirok etish imkoniyatlarini taqdim etadigan dasturdir. Ushbu dastur qatnashchilari Italiyaning Turin Politexnika universitetidagi ma'ruza hamda laboratoriyalarda bevosita qatnashib, o'zlarini pedagogik mahoratlarini, professional, ilmiy salohiyatlarini oshiradi. Ularga oliygohlarda Mentor va koordinatorlar biriktiriladi. Ilmiy raxbar professor Franko Lombardi bu yerda Abduvohidov Xalilillo bilan Mind4lab laboratoriyasida tibbiy texnik uskunalari orqali ilmiy tadiqoqlar oʻtkazishmoqda.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish