Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik institutida “Yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishdan ogoh etaylik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Bugungi global axborot asrida yoshlar ta’lim-tarbiyasini nazardan chetda qoldirish jamiyatning ertangi kuniga jiddiy ta’sir etmay qolmaydi. Ijtimoiy tarmoq orqali kelayotgan ma’lumotlarning chekisizligi va undan foydalanuvchilar sonining ko‘p qismi yoshlarni tashkil etishi hech birimizga sir emas. Ma’lumotlarni qabul qilishda uni o‘rganish va tahlil qilish, so‘ngra undan kerakli xulosa chiqarish uchun insonga albatta mavzu bo‘yicha bilim va ko‘nikma bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Afsuski ijtimoiy tarmoqlar orqali hech qanday asosga ega bo‘lmagan, yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan ma’lumotlarni qabul qilib, oqibatda turli xil yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolayotgan yoshlar ham uchramoqda. Ayniqsa yoshlar orasida din borasida yetarlicha tushunchaga ega bo‘lmay turli xil “ulamolar”ning ma’ruzalari ortidan o‘zining va atrofdagilarning hayotiga xavf solib, jamiyatga jiddiy zarar yetkazayotganlarini borligi soha bo‘yicha amaliy ishlarni jadallashtirishdan darak beradi. 

 

 

2023-yilning 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirokida Andijon mashinasozlik instituti professor-o‘qituvchilari, tyutorlar, talabalar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida yoshlarga ushbu yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik bo‘yicha atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili Jahongir Meliqo‘ziyev, Anvarjon Abdullayev, Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Rahmatillo Arziyev, institut rektori Umid Turdialiyevlar  tomonidan diniy-ekstremistik oqimlar tomonidan tarqatilayotgan g‘oyalarning jamiyatimiz tinchligi va xavfsizligiga soladigan tahdidlarini bartaraf etish, mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy vaziyat va ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, dinlar va millatlararo munosabatlarni yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek davra suhbati davomida muqaddas Quroni Karim oyatlari va paygʻambarimiz hadislarini oʻz manfaatlari yoʻlida notoʻgʻri talqin qilib, mamlakatimiz yoshlarini oʻzlarining jirkanch maqsadlari yoʻliga boshlayotganliklari aytib oʻtildi. Qoshtirnoq ichidagi ushbu kimsalarning asl maqsadi Islom dinini jahon hamjamiyati orasida nufuzini tushirish, mamlakatlarning tinch va osoyishta hayot tarzlarini barbod qilish ekanligi takidlandi. Quroni Karim oyatlarida oʻzgalarga ozor bermaslik, moʻminning moʻminga moli, obroʻsi, joni harom qilingan boʻlsada oʻz maqsadlari yoʻlida talqin qilib, musulmon oʻlkasida xunrezliklari amalga oshirilayotganligi va ularning ushbu yoʻlda foydalanayotgan asosiy oyat va hadislarning asosiy manolari tushuntirildi.

 

 

Suhbat ishtirokchilari tomonidan yoshlarimizni ushbu kimsalar gʻoyalaridan saqlash, ularning ogohligini oshirish, talabalar orasida ijtimoiy-manaviy muhit barqarorligini saqlash, diniy masalalarda faqatgina tasdiqlangan web-sayt hamda ulamolardan oʻrganishlari kerakligi va ushbu mazvular yuzasidan targʻibotlarni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida fikrlar bildirildi.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati 

Qidirish