Yangiliklar

Image

Doktorantimiz AQSHning Texas shtatida stajirovka o'tamoqda

AQSHning “Faculty Enrichment Program” (FEP) dasturi doirasida Andijon mashinasozlik instituti doktoranti Saidabror Yusupov 2023-yil yanvar oyidan boshlab 4 oy davomida Texas shtatida joylashgan Texas A&M universitetiga stajirovkaga yuborildi. FEP bu - Amerika elchixonasi homiyligida Xalqaro ta'lim bo‘yicha Amerika Kengashlari tomonidan tashkil qilingan dastur bo‘lib, Oliygohlarda kamida 2 yil taribasi bor professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan stajirovka dasturidir. Dasturning 2023-yil, bahorgi semestr uchun o‘tkazilgan saralash bosqichida Yusupov Saidabror dastur g‘olibiga aylandi.Dastur g‘oliblari Qo‘shma Shtatlar oliygohlaridagi ma'ruza hamda laboratoriyalarda bevosita qatnashib, o‘zlarini pedagogik mahoratlarini, professional, ilmiy salohiyatlarini oshiradi. Ularga oliygohlarda mentor va koordinatorlar biriktiriladi.

 

 

Texas A&M University Xalqaro oliygohlar reytingi - QS rankingi bo‘yicha 164-o‘rinda turadi. Saidabror stajirovka doirasida “Ilm-fan va muhandislik fakulteti”ga biriktirilgan. Doktorantimiz  jami 4 ta fan bo‘yicha ma'ruza hamda laboratoriyalarda ishtirok etmoqda.

 

 

Bu yerda darslarda qatnashish orqali nafaqat pedagogik, balki ilmiy tadiqot ishlarini olib borish uchun qulay sharoitlar yaratilgan hamda Saidabror Yusupov ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda oʻzining dissertatsiyasi doirasida tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Shuningdek universitetning ilmiy nashrlar bazasi, noyob oʻquv adabiyotlari hamda dasturiy ta’minotlardan foydalanish imkoniyatlari ham yaratilgan

 

Yusupov Saidabror qatnashayotgan fanlar ro‘yxati:

1. Solid Modeling & Finite elements.

2. Solid Mechanics Laboratory.

3. Material Science.

4. Engineering Lab measurements.

5. Matlab for Science.

 

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati 

Qidirish