Yangiliklar

Image

Institutda yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik davra suhbati boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 15-fevral kuni Andijon mashinasozlik institutida yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida profilaktik davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida institut rektori U.M.Turdialiyev, Andijon viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik B.H.Najimov, Tergov boshqarmasi katta tergovchisi katta leytenant Sh.S.Hamzayev, Andijon shahar IIOFMB 4-sonli IIB JXX XPG PKI mayor I.A.Qahhorov, institut Yoshlar ittifoqi yetakchisi I.Kabulov hamda talabalar ishtirok etishdi ishtirok etishdi. 

 

Tadbirni davomida mamlakatimizda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ijobiy amaliy ishlar, yoshlarga ta’lim olishlari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, turli narkotik va psixotrop moddalar savdosi yoki iste’moliga aralashmaslik, ta’qiqlangan diniy materiallarni tarqatish, foydalanish, saqlash qonun oldida javobgarlikka olib kelishi eslatib oʻtildi. Shuningdek turli online bukmekerlik oʻyinlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali moliyaviy firibgarlik tuzogʻiga tushib qolmaslik toʻgʻrisida tushunchalar berildi. 

Davra suhbati soʻngida talabalar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi. 

 


Andijon mashinasolzik institutining

Axborot xizmati

Qidirish