Yangiliklar

Image

Koreyalik yetakchi mutaxasislar bilan ilm-fan hamda ilmiy tadqiqot masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 14-fevral kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining UNESCO UNITWIN loyihasi doirasida, ushbu tashkilotning mintaqaviy kordinatori hisoblangan, Janubiy Koreyaning Handong Xalqaro Universiteti vakillari institutimizga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.Aliyev boshchiligida institutimiz jamoasi kutib oldi. Shundan so‘ng delegatsiya vakillari professorlar School of Mechanical and Control Engineering dotsenti Kwon -Yeong Lee, School of Life Science dotsenti Ah-Ram Kim, School of Applied Artificial Intelligence dotsenti, School of Computer Science va Electrical Engineering bitiruvchisi, Engineering Systems Design Laboratory direktori Junghyun Kim hamda institutimiz vakillari o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

 

 

Muhokama davomida ikki OTM o‘rtasida ilm-fan va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini kengaytirish, institutdagi laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida o‘quv kurslari tashkil etish, Andijon mashinasozlik instituti Magistrantlari hamda PhD doktorantlarini Handong Global University professorlaiga biriktirish, ilmiy, o‘quv adabiyotlarini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek ushbu mutaxasislarning rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish va ikkinchi 16 akademik soatga mo‘ljallangan oflayn darslarni o‘tkazish jarayoni ham muhokama qilindi.

 

Tashrifning ikkinchi kuni, 15-fevral kunida Avtomobilsozlik va IB va KT fakultetlari professor-o‘qituvchilari, talabalari uchun “Introduction to Machine Learning” mavzusida Prof. Juhghyun Kim, Effective Online Learning Management using Google Classroom and ALEKS mavzusida Prof. Ah-Ram Kim, Nano technologies in heat transfer mavzusida Prof. KwonYeong Leelarning mahorat darslari tashkil etildi.

 

 

Ma’lumot uchun UNESCO UNITWIN dasturi 1992 yilda UNESCO Bosh konferensiyasining 26-sessiyasida (1991) qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq tashkil etilgan. Dastur UNESCO va oliy o‘quv yurtlarida UNITWIN hamkorlik dasturlarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlaydi. UNITWIN dasturi akademik kadrlar tayyorlash, tadqiqot va almashishni qamrab oladi va UNESCO mandati doirasidagi barcha sohalarda bilim almashish uchun platformani taklif etadi. Loyihalarning aksariyati fanlararo va tarmoqlararo boʻlib, UNESCO dasturining barcha sektorlarini oʻz ichiga oladi, sohaviy idoralar, institutlar va markazlar bilan faol hamkorlik qiladi. Dasturni milliy miqyosda targ‘ib qilish, uni amalga oshirish va baholashga ko‘maklashish orqali muhim rol o‘ynaydi.

UNESCO UNITWINning mintaqaviy kordinatori hisoblangan, Janubiy Koreyaning Handong Xalqaro Universiteti bilan tuzilgan shartnoma va amalga oshirilayotgan uzoq muddatli loyiha doirasida, shu yildan boshlab institut professor-o‘qituvchilarini ilmiy va pedagogik salohiyatini oshirib borish uchun, tajribali xorijiy professorlar tomonidan muntazam bepul onlayn treyninglar o‘tkazib borish va kelgusi 4 yil davomida yiliga ikki marotaba yuqori salohiyatli xorijiy professorlarni loyiha doirasida institutga tashrif buyurishlari va talabalariga oflayn shakilda bepul dars o‘tib berishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Bunday tashriflar institut reytingini mahalliy va xorijiy maydonda yanada yuksalishi va ta’lim sifatini yanada oshishini ta’minlaydi

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish