Yangiliklar

Image

Davlat xususiy sherikchilik asosida qurilgan yangi talabalar turar joyi ochilish marosimi (video)

Joriy yilning 11-fevral kuni Andijon mashinasozlik institutida Davlat xususiy sherikchilik asosida qurib bitkazilgan 523 o'rinli talabalar turar joyining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ham ishtirok etib, o'z tabrik so'zlarini bildirdi. Shuningdek talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko'zdan kechirdi.

Hozirgi kunda ushbu yangi talabalar turar joyi orqali talabalarning turar joyiga bo'lgan ehtiyoji 86% ga ta'minlandi. 2023-yil hisobidan yana bir 600 o'rinli TTJ qurib-bitkaziladi hamda ehtiyoj 100% ga ta'minlanadi.

 


Andijon mashinasozlik institutining

Axborot xizmati

Qidirish